16-may kuni Xonqa tumanidagi 23-son umumiy o'rta ta'lim maktabida iqtidorli o'quvchilarimizni o'zida jamlagan ,,Navxos nihollari" nomi ostida jamoa to'plami kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi. Kitob taqdimotiga Az-Zamaxshariy nashriyotining direktori Boltaboy Muhammad Qurbon tashrif buyurdilar. Kitobda maktabimiz hayoti, she'riyatga oshufta qalb egalarining ijodi, rassomlarimiz, sport musobaqalarida katta marralarni egallayotgan chempionlarimiz haqida ma’lumotlar aks etgan. Ustoz bilan bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida o‘quvchilarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Kitob taqdimoti savol-javoblarga boy holda o'tkazildi. Bu milliy maktabimiz o'quvchilarining, balki qishlog'imizning ham yutuqi deya bemalol ayta olamiz. Maktabimizda iqtidorli o'quvchilarning borligini bilib ota-onalar ham xursand bo'ldilar.