Xonqa tumani 23-son umumiy o’rta ta’lim maktabida ,,Zulfiyaxonim” mavzusida bo’lib o’tgan tadbir
Bayonnomasi
01.03.2022-yil Madaniyat mahallasi
Raislik qiluvchi: 23-son umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori: M. Masharipov
Kotibi: 23-son umumiy o’rta ta’lim maktabi Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchi Sa’dullayeva Sevara
Qatnashdilar: 23-son umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori , MMIBDO’, targ’ibotchi, kutubxona mudirasi, maktab o’quvchilari
Kun tartibi.
23-son umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil 1-mart kuni Zulfiyaxonim Isroilovaning tug’ilgan kunlari munosabati bilan “Zulfiyaxonim” mavzusida Balli qizlar tadbiri bo’lib o’tgan tadbir to’g’risida.
Eshitildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabimiz direktori so’zga chiqib Zulfiyaxonimning nomi hanuzgacha adabiyotimizda porlab kelayotganliklarini va bundan keyin ham abadiy qolishini aytdilar. Maktabimizdan ham shoiramizning izdoshlari chiqishiga e’tibor qaratishimiz kerakligini aytib o’tdilar. Tadbirni 9-sinf o’quvchilari Zulfiyaxonim ijodiga oid bo’lgan she’rlarni o’qish bilan boshladilar. Balli qizlar tadbiri ishtirokchilari 11-sinf o`quvchisi Umrbekova Ruhshona, 9-sinf Nunyozova Shaydo, 8-sinf Bonu, Bibijon, Zebinisolar qatnashishdi. Tadbir shartlari Tanishtiruv, savol-javob, salat tayyorlash, erkin mavzu bo`yicha bellashdilar. Har bir o`quvchi shartlar bo`yicha chaqqonligi,epchilligi, ozodaligi,ibo va hayoliligini kuzatildi. Tadbir davomida juri hayati a`zolari qizlarni harakati va mehnatini baholab borishdi. 5-sinf o’quvchilarining ,,Oq atirgul” qo’shig’iga ijro etgan raqslari tadbirimizga yakun yasadi. Tadbirni yopish uchun MMIBDO` Z. Mavlonova tadbirni yaxshi tashkillashtirilganligini aytib, o’quvchilarning o’qish va ishlariga omad va zafarlar tiladilar.
Yuqoridagilar asosida
Qaror qiladi.
1. 23-son umumiy o’rta ta’lim maktabida ,,Zulfiyaxonim” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi deb hisoblansin.
2. Kun tartibi yuzasidan tinglangan ma’ruzalar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Yuqoridagi qarorlar ijrosi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Z.Mavlonova zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori: M. Masharipov
Kotibi: S.Sa’dullayeva








