Xonqa tumani 23-son umumiy o’rta ta’lim maktabida “Eng faol kitobxon” tadbiri
Bayonnomasi
1.0.2023-yil Madaniyat maxallasi
Yig’ilish raisi:23-son umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori o’rinbosari:Z.Mavlonova
Kotibi: 23-son umumiy o’rta ta’lim maktabi kutubxonachisi M.Egamberdiyeva
Qatnashdilar: MMIBDO’,kutubxonachi,ona tili va adabiyot fan o’qituvchilari 8 -11-sinf o’quvchilari.
Kun tartibi
23-son umumiy o’rta ta’lim maktabida 2023-yil 1-aprel kuni “Eng faol kitobxon ” tanlovi bo’lib o’tdi.
Tanlovda ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari,targ’ibotchi kutubxonachi hamda 8-11-sinf o’quvchilari qatnashdilar. Tanlovda maktabimizning 8-11-sinf o’quvchilaridan faol kitobxon o’quvchilar qatnashdilar.O’quvchilar tomonidan 10-sinf o’quvchisi Egamberdiyeva Sevinchoy Odil Yoqubovning Matluba ,11-sinf o’quvchisi Rajabboyeva Maftuna Al-kimyogar, 9a-sinf o’quvhisi Abdullayeva Jumagul Chingiz Aytmatovning “Sohil bo’ylab oqayotgan”,9b-sinf o’quvchisi Komiljonova Gulzoda O’.Hoshimovning “Ikki karra – ikki besh”qissasi,8b-sinf o’quvchisi Egamberdiyeva Sevinchoy Dilfuza Ibragimova “Go’shanga alangasi”,9a-sinf o’quvchisi Abdullayeva Shahzoda “Alpomish” dostoni,9b-sinf o’quvchisi Karimova Durdona “Alpomish” dostoni, 11-sinf o’quvchisi Otabekova Dilnura O’.Hoshimovning ”Qalbiga quloq sol”,8b-sinf o’quvchisi Abdullayeva Onaxon “Tomsoyerning boshidan kechirganlari”,8b-sinf o’quvchisi Sharifboyeva Dinora CH.Aytmatovning “Oq kema” qissasi,6a-sinf o’quvchisi Yo’ldasheva Farangiz “Mushuklar xotiralari”,asarlar haqida savol javob o’tkazildi va o’qigan badiiy kitoblari o’rganib chiqildi.Tanlov so’ngida maktabda “Eng faol kitobxon o’quvchi”deb 11-sinf o’quvchisi Rajabboyeva Maftuna g’olib deb topildi va tuman turiga tavsiya etildi.
Tadbir so’ngida ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Z.Mavlonova barcha faol ishtirok etgan o’quvchilarga o’z minnatdorchiligini bildirdi va xech qachon o’qishdan to’xtamaslikni kitobdan yaxshiroq do’st yo’q ekanligini aytib o’tdi.
MMIBDO’: ______ Z.Mavlonova
Kotibi:________ M.Egamberdiyeva

