


Xonqa tumanidagi 23-son o'rta maktabi,avvalgi Popovich(hozirgi 34-son)maktabidan 1978-1979 o'quv yilida ajralib rayonda 33-son Akmal Ikromov deb nomlanib sakkiz yillik maktab bo'lib,1-8-sinfgacha 8 ta sinf bo'lib ish boshladi1978 yili 1-sentyabrdan maktabda 11 ta o'qituvchi bo'lib,maktab direktori Ro'zmetov Ahmadjon rahbarlik qilgan.1984 yili 1-sentyabrdan Ro'zmetoV Ahmadjon o'z arizasi asosida ishdan bo'shaganligi uchun maktabga Sharifboy Yo'ldashev direktor etib tayinlandi.Maktabdao'quvchilar sonini oshganligi sabab sinf xonalari yetishmas,ham juda torligi uchun yangi maktab qurish zarur edi.Shu paytda maktab direktorini say-harakatlari natijasida hozirgi 326-o'rinlimaktab binosini qurilish ishlari 1989 yilda boshlab yuborildi.Maktab davlat mablag'i hisobidan 1990 yil 1-sentyabrda qurib bitkazilib o'rta maktab bo'lib ish boshladi.Maktab atroflarini obodonlashtirish ishlari olib borildi.Mana hozir bu maktabda mahallamizning 440 dan ziyod bolalari ta'lim tarbiya olmoqdalar.